
Duşanbeda “Central Mall” savdo markazi oçildi
Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Duşanbe, Tojikiston, 2026-yil 30-oktabr. Duşanbe şahrining markazidagi Rudakiy prospektida joylaşgan Central Mall savdo-köngiloçar majmuasi rasman oçildi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon iştirok etgan oçiliş marosimida savdo markazining imkoniyatlari va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan şaroitlar namoyiş etildi.
Sebiston Group tomonidan rivojlantirilgan loyiha 16 859 kvadrat metr ijaraga beriladigan savdo maydonini qamrab oladi. Majmuada turli toifadagi dökonlar, supermarket, restoran va kafelar, kinozal hamda oilaviy köngiloçar markaz mavjud. Savdo hududlari −1-qavatdan 3-qavatgaça joylaşgan bölib, majmua 200 dan ortiq avtomobilga möljallangan avtoturargoh bilan ta’minlangan. Central Mall tarkibiga, şuningdek, 21 qavatli Radisson mehmonxonasi va ikkita turar joy minorasi kiradi. Savdo, ovqatlaniş va hordiq çiqariş imkoniyatlarini birlaştirgan majmua Duşanbe şahrining zamonaviy şahar infratuzilmasidagi muhim obyektlardan biridir.
CASE Advisory 2024-yilda Central Mall uçun bozor tadqiqoti, tijoriy konsepsiyani qayta işlab çiqiş, içki maydonlarni rejalaştiriş va savdo markazining rivojlaniş strategiyasi böyiça konsalting işlarini amalga oşirgan.
Central Mall jamoamiz uçun eng murakkab va köp bosqiçli loyihalardan biri böldi. Buning sababi faqat loyiha kölami emas, balki iş boşlanişidan avval şakllanib bölgan bir qator muhim çeklovlar edi.

Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Bino tayyor, yangi konsepsiya esa alohida yondaşuvni talab qilardi
CASE Advisory loyihaga jalb qilingan paytda binoning qurilişi, şu jumladan taşqi fasadi allaqaçon yakunlangan edi.
Odatda savdo markazining tijoriy konsepsiyasi quriliş boşlanişidan oldin işlab çiqilişi maqsadga muvofiq. Çunki mahsulot va xizmatlar tarkibi, asosiy ijaraçilar, maydonlarning konfiguratsiyasi, taşrif buyuruvçilar harakati va muhandislik talablari binoning me’moriy yeçimlariga bevosita ta’sir qiladi.
Central Mall’da esa uşbu vazifalarni mavjud binoning konstruktiv va texnik çeklovlari doirasida hal qiliş talab etildi.
CASE jamoasining asosiy maqsadi tayyor binoning içki maydonlarini qayta körib çiqiş, bozor talabiga mos tijoriy konsepsiya yaratiş va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş yöllarini işlab çiqişdan iborat edi.
Loyihaning eng muhim xususiyatlaridan biri şundaki, CASE Advisory iş boşlaşidan avval ayrim tijoriy maydonlar eski konsepsiya asosida alohida mulkdorlarga sotilgan edi. Bu yangi konsepsiyani işlab çiqişni sezilarli darajada murakkablaştirdi.
Savdo maydonlarining hajmini özgartiriş, ayrim birliklarni birlaştiriş yoki ularning funksiyasini qayta belgilaş zarurati tuğilganda mavjud mulkdorlarning manfaatlari ham hisobga olinişi kerak edi.
Mulkdorlar bilan muzokaralar va yangi yeçimlarni kelişiş jarayoni buyurtmaçi tomonidan olib borildi. CASE Advisory esa uşbu çeklovlar doirasida muqobil rejalaştiriş va tijoriy yeçimlarni işlab çiqdi.
Aynan şu omil loyiha rejalari bir neça bor qayta körib çiqilişining asosiy sabablaridan biri böldi.
Nega savdo markazidagi maydonlarni alohida sotiş muammo tuğdirişi mumkin?
Savdo markazi alohida dökonlar yiğindisidan köra murakkabroq tijoriy tizim hisoblanadi.
Uning uzoq muddatli muvaffaqiyati mahsulot va xizmatlar tarkibi (merçandise mix), asosiy ijaraçilar, taşrif buyuruvçilar oqimi, marketing, boşqaruv va ijara strategiyasining özaro uyğunligiga boğliq.
Maydonlarning köplab mustaqil mulkdorlarga sotilişi esa yagona tijoriy strategiyani amalga oşirişni qiyinlaştirişi mumkin.

Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Bunday modelning asosiy xavflari:
- Merchandise mix ustidan nazoratning çeklanişi. Har bir mulkdorning alohida manfaatlari savdo markazida töğri mahsulot va xizmatlar tarkibini şakllantirişga tösqinlik qilişi mumkin.
- Yirik brendlarni jalb qilişning murakkablaşişi. Xalqaro va mahalliy tarmoqlarga mos maydonlarni birlaştiriş yoki qayta rejalaştiriş uçun köplab tomonlarning kelişuvi talab etilişi mumkin.
- Konsepsiyani yangilaşdagi çeklovlar. Bozor talabi özgarganda maydonlarning funksiyasini yoki konfiguratsiyasini moslaştiriş qiyinlaşadi.
- Yagona boşqaruvning murakkablaşişi. Ijara siyosati, marketing, xizmat körsatiş sifati va umumiy standartlarni muvofiqlaştiriş uçun qöşimça mexanizmlar zarur böladi.
Şu sababli professional boşqaruv va yagona ijara strategiyasiga asoslangan savdo markazlari uçun mulkçilik modeli dastlabki loyihani rivojlantiriş bosqiçidayoq puxta tanlanişi muhim.
Central Mall uşbu qarorlarning keyingi bosqiçlarga qanday ta’sir qilişini körsatgan amaliy loyihalardan biri böldi.
40 dan ortiq rejalaştiriş varianti
CASE Advisory jamoasi loyiha davomida 40 dan ortiq qavat rejalaştiriş variantini işlab çiqdi.
Bu şunçaki turli çizmalar tayyorlaş emas edi. Har bir variantda bir vaqtning özida bir neçta masalani hal qiliş talab etilardi:
· bozor talabiga mos mahsulot va xizmatlar tarkibini (merçandise mix) şakllantiriş;
· savdo maydonlarini qavatlar böyiça samarali taqsimlaş;
· asosiy trafik yaratuvçi (taşrif buyuruvçilar oqimini jalb qiluvçi asosiy obyektlar va xizmatlar) funksiyalarni töğri joylaştiriş;
· taşrif buyuruvçilar oqimi va navigatsiyani yaxşilaş;
· eskalatorlar, liftlar va qavatlar örtasidagi harakatni hisobga oliş;
· mavjud konstruktiv va muhandislik çeklovlariga moslaşiş;
· sotilgan tijoriy maydonlar va ularning mulkdorlari bilan boğliq çeklovlarni inobatga oliş.
Rejalaştiriş variantlarining katta qismi aynan tijoriy jihatdan maqbul yeçimlarni mavjud bino va mulkçilik şaroitlariga moslaştiriş zaruratidan kelib çiqdi.
Bozor tadqiqotidan tijoriy strategiyagaça
CASE Advisory loyiha doirasida Duşanbe çakana savdo bozori, raqobatçilar, aholining xarid salohiyati, loyiha qamrov hududi va iste’molçilar ehtiyojlarini örgandi.

Tadqiqot natijalari asosida savdo markazining bozordagi örni, mahsulot va xizmatlar tarkibi, funksional taqsimot hamda kelgusidagi tijoriy rivojlanişi böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.
Şuningdek, loyiha doirasida ijaraga beriş strategiyasi, qöşimça daromad manbalari, xizmat körsatiş zonalari va professional boşqaruvni taşkil etiş bilan boğliq masalalar ham körib çiqildi.
CASE uçun asosiy vazifa tayyor binoni şunçaki dökonlarga ajratiş emas, balki mavjud imkoniyatlar doirasida yagona tijoriy tizim sifatida işlaşi mumkin bölgan savdo markazi konsepsiyasini işlab çiqiş edi.
“Central Mall loyihasi mavjud bino va mulkçilik çeklovlari şaroitida bozor talablariga mos tijoriy konsepsiyani işlab çiqiş böyiça muhim tajriba böldi. Bu loyiha yana bir bor şuni körsatdiki, savdo markazining uzoq muddatli muvaffaqiyati nafaqat puxta strategiyaga, balki uni amalga oşiriş jarayonida izçil yondaşuv va töğri qarorlar qabul qilinişiga ham boğliq”, - dedi CASE Advisory rahbari Aziz Şermuhammedov.
CASE Advisory Central Mall loyihasi böyiça konsalting işlarini 2024-yilda amalga oşirgan bölib, keyingi davrda loyiha amalga oşirilişi davom etdi. Uşbu bosqiçlarda ayrim qarorlar özgardi va işlab çiqilgan barça ğoya hamda tavsiyalar yakuniy obyektga töliq tatbiq etilmadi.
Şu sababli bugun oçilgan Central Mall CASE Advisory tomonidan işlab çiqilgan 2024-yilgi konsepsiyaning barça jihatlarini töliq aks ettirmaydi.
Bu esa tijoriy köçmas mulkni rivojlantirişda muhim bir haqiqatni körsatadi: puxta işlab çiqilgan strategiya bilan bir qatorda, uni keyingi bosqiçlarda izçil amalga oşiriş ham katta ahamiyatga ega.
Davom etayotgan hamkorlik
Central Mall CASE Advisory va Sebiston Group örtasidagi bir neçta loyihalarni qamrab olgan hamkorlikning bir qismidir.

Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
CASE Advisory Central Mall’dan taşqari, Sebiston Group’ning Gissar Mall va Scandinavia loyihalari ustida ham işlagan. Hozirda esa Vakhdat Mall loyihasi böyiça hamkorlik davom etmoqda.
Turli kölam va konsepsiyadagi uşbu loyihalar CASE Advisory’ning Tojikiston tijoriy köçmas mulk bozoridagi amaliy tajribasini kengaytirib, mahalliy bozor xususiyatlarini yanada çuqurroq örganiş imkonini bermoqda.
Bugun Central Mall öz rivojlanişining yangi bosqiçiga qadam qöymoqda.
CASE Advisory uçun esa uşbu loyiha tayyor bino, şakllangan mulkçilik munosabatlari va mavjud texnik çeklovlar şaroitida tijoriy konsepsiyani qayta işlab çiqiş böyiça muhim professional tajriba bölib qoladi.
CASE Advisory tijorat köçmas mulkini strategik rivojlantirişga ixtisoslaşgan konsalting kompaniyasi. Kompaniya savdo markazlari, mehmonxonalar, kurortlar va köp funksiyali majmualar böyiça investor, developer va yer egalariga yangi loyihalarni işlab çiqiş, şuningdek mavjud obyektlarni qayta körib çiqiş va rivojlantirişda bozor tahlili, moliyaviy asoslaş va konsepsiya işlab çiqiş orqali töğri qaror qabul qilişga yordam beradi. Kompaniya bozorda 7 yildan ortiq faoliyat yuritadi va 8 davlatda 100 dan ortiq loyihada iştirok etgan. Bu loyihalarning umumiy investitsiya hajmi 5 milliard dollardan, umumiy maydoni esa 8 million m² dan oşadi.