
Lutfiy 47: ta’lim, biznes va gastronomiyani birlaştiruvçi yangi milliy makon
Çilonzorda, Lutfiy va Çopon ota köçalari kesişmasida, 3 gektar hududda joylaşgan 6 ta bino Lutfiy 47 loyihasining asosini taşkil etadi. Investor uşbu hududdan samarali foydalaniş va uni rivojlantiriş böyiça CASE Advisory jamoasiga murojaat qildi. Bizning vazifamiz IT va dizayn maktablari, kovorking, gastronomiya va tadbirlar makonlarini birlaştiriş ğoyasini tahlil qiliş, uning bozor salohiyatini baholaş va loyiha uçun maqbul yeçimlarni tavsiya etişdan iborat edi.
Tadqiqot davomida Özbekistonda uşbu formatning töğridan-töğri analogi aniqlanmadi. Şu bois investor uçun asosiy savollar quyidagilardan iborat edi: bu konsepsiya bozorda işlaydimi, binolar va maydonlarni qanday taqsimlaş maqsadga muvofiq hamda loyiha qanday iqtisodiy natija keltirişi mumkin?

Sarvar Raşidov, “Lutfiy 47” asosçisi / Foto: Case Advisory
“CASE Advisory’ni tanlaşimda ularning professional tajribasi bilan bir qatorda, qadriyatlari ham muhim rol öynadi. Menga kompaniyaning xalqaro bilim va tajribani mahalliy bozor xususiyatlariga moslaştiriş hamda Özbekiston rivojiga hissa qöşişga intilişi ma’qul keldi. Men uçun bu şunçaki xizmat körsatuvçi kompaniya emas, balki loyihaning salohiyatiga işonadigan va uning rivojiga çin dildan hissa qöşişga tayyor hamkor”, dedi “Lutfiy 47” asosçisi Sarvar Raşidov.
Biz nima qildik?
Xalqaro tajribani örgandik. 27 davlatdagi 88 ta loyihani körib çiqdik. Ulardan 8 tasini çuqur tahlil qildik: Lissabondagi LX Factory, Tayvandagi Huaşan 1914, Moskvadagi Flakon va Xlebozavod №9, Gonkongdagi PMQ, Dubay Design District va boşqalar. Maqsad ularni nusxalaş emas edi. Biz qaysi boşqaruv va makon yeçimlari Toşkent şaroitida işlaşini tekşirdik.
““Lutfiy 47” Özbekistonda ta’lim yönalişi asosiy örin tutadigan yangi avlod klasteri bölişi mumkin. Biz uçun loyihaning nafaqat konseptual jihatdan jozibador, balki iqtisodiy nuqtayi nazardan ham asoslangan bölişi muhim edi. Ötkazilgan tahlil bozor salohiyatini, ijara ssenariylarini va loyihaning rivojlaniş imkoniyatlarini baholaşga yordam berdi”, dedi CASE Advisory rahbari Aziz Şermuhammedov.

Aziz Şermuhammedov, CASE Advisory rahbari / Foto: Case Advisory
Raqobat muhitini tahlil qildik. CASE tadqiqotiga köra, Özbekistonda “Lutfiy 47” formatining töğridan-töğri analogi aniqlanmadi. Şu bilan birga, loyiha auditoriya uçun 8 ta faol kovorking operatori, atrofdagi raqobat muhitida faoliyat yurituvçi 7 ta biznes-markaz hamda IT-Park, Taşkent City va Seoul Mun kabi köp funksiyali makonlar bilan raqobatlaşadi.
Talabni baholadik. CASE Advisory hisob-kitoblariga köra, loyihaning qamrov hududi taxminan 440 ming kişini taşkil etadi. Uşbu hududdagi aholining savdo, umumiy ovqatlaniş, madaniyat va sport xizmatlariga yillik xarajat salohiyati 2026-yilda qariyb 168 million dollar deb baholangan. Hisob-kitoblar ssenariysiga köra, 2030-yilga borib bu körsatkiç 219 million dollardan oşişi mumkin. Bu raqamlar loyihaning bevosita daromadini emas, balki uning qamrov hududidagi umumiy bozor salohiyatini ifodalaydi.
Konsepsiya va hududlaştirişni ya’ni strategiyani işlab çiqdik. Loyiha piyodalar uçun möljallangan gastronomik köça atrofida joylaşgan 6 ta blokdan iborat. Birinçi qavatlarda ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş obyektlari, yuqori qavatlarda esa ta’lim markazlari, ofislar va kovorking maydonlari joylaştiriladi. Klasterga taşrif buyuruvçilarni jalb qiluvçi asosiy obyektlar quyidagilar:
- taxminan 6 300 m² maydonda turli yönalişlarni qamrab oluvçi öquv markazi. Yönalişlar orasida sun’iy intellekt, raqamli biznes, moda, arxitektura, oşpazlik va mehmonxona işi bor;
- kovorking markazi;
- taxminan 1 145 m² maydonga ega tadbirlar zali.
Loyiha doirasida jami 139 ta tijorat birligi, jumladan, savdo va xizmat körsatiş maydonlari, ofislar, omborxonalar va kiosklar rejalaştirilgan. Umumiy ijara maydoni esa 17 ming m² dan ortiqni taşkil etadi.
Har bir obyekt uçun alohida ijara byudjeti işlab çiqilib, daromad manbalari turli yönalişlar böyiça diversifikatsiya qilindi.
Hisob-kitoblarga köra, xizmatlar, jumladan ta’lim yönalişi, prognoz qilingan ijara daromadlarining eng katta qismini taşkil etadi. Kovorking hududlari va umumiy ovqatlaniş ham daromad modelining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Turli faoliyat yönalişlarini birlaştiriş loyiha daromadlarining faqat bitta ijaraçi yoki biznes turiga boğlanib qoliş xavfini kamaytirişga qaratilgan.
Şu tariqa, ijara portfelini diversifikatsiya qiliş va turli yönalişlar örtasida muvozanatni şakllantiriş orqali uzoq muddatli daromad oqimini ta’minlaşga qaratilgan yondaşuv işlab çiqildi.

Boşqaruv böyiça takliflar işlab çiqildi. Loyiha uçun taşkiliy tuzilma, asosiy funksiyalar va inson resurslariga bölgan ehtiyoj belgilandi. Şuningdek, loyiha işga tuşirilgaç, boşqaruv jamoasi va ijaraçilar faoliyati hisobiga jami 730 tagaça iş örni yaratilişi mumkinligi tahmin qilindi.
Loyihaning kuçli va zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda ehtimoliy xatarlari SWOT tahlili orqali örganildi. Bu esa asosiy risklarni oldindan aniqlaş va ularni boşqariş böyiça tegişli çoralarni işlab çiqiş imkonini berdi.
Loyiha muvaffaqiyati nimaga boğliq?
Loyiha konsepsiyasini işlab çiqişda nafaqat binoda qanday funksiyalar joylaşişini, balki ularning qanday boşqarilişini ham oldindan aniqlaş muhim. Muhokamalar natijasida har bir ta’lim yönalişini şu sohaning ixtisoslaşgan mutaxassislariga topşiriş maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi. Bunday yondaşuv har bir yönalişning öz kasbiy tajribasi, metodikasi va sifat standartlariga asoslanib rivojlanişiga imkon beradi. Klasterning vazifasi esa barça yönalişlar faoliyatini yagona konsepsiya doirasida muvofiqlaştiriş va ularning özaro uyğun işlaşini ta’minlaşdan iborat böladi.
Yana bir muhim tavsiya klasterda muntazam tadbirlar ötkaziş bilan boğliq. Ta’lim va biznes tadbirlari, mahorat darslari, ijodiy uçraşuvlar, körgazmalar va boşqa formatdagi tadbirlar turli auditoriyalarni bir makonda birlaştiradi. Bu taşriflar sonini oşiriş, ijaraçilar faoliyatini qöllab-quvvatlaş va klaster atrofida faol hamjamiyat şakllantirişga yordam beradi. Tadbirlar taqvimi tasodifiy emas, balki loyiha konsepsiyasi, maqsadli auditoriya va ijaraçilar faoliyati bilan uzviy boğliq holda işlab çiqilişi kerak.
Loyihadagi işimiz strategiya va hisob-kitoblar bilan çeklanmaydi. Klasterni loyiha konsepsiyasiga mos ijaraçilar va brendlar bilan töldiriş, ular bilan muzokaralar olib borişni ham CASE jamoasi amalga oşirmoqda. Lutfiy 47’da beşta yönaliş böyiça milliy hunarmandlarni jalb etiş rejalaştirilgan. Ular bu yerda milliy hunarmandçilik mahsulotlarini işlab çiqariş va ustoz-şogird an’analarini davom ettiriş imkoniga ega böladi. Şuningdek, bank xizmatlari, gözallik salonlari va boşqa kundalik xizmatlarni birlaştirib, taşrif buyuruvçilar uçun tölaqonli lifestyle muhitini şakllantiriş ustida iş olib borilmoqda.
Ayni paytda Lutfiy 47’da KFC, Costa Coffee va EVOS brendlarini joylaştiriş böyiça kelişuvga erişilgan. Yaponamama, BON va Burger King kabi taniqli brendlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Xalqaro brendlarning loyihaga qiziqiş bildirişi işlab çiqilgan konsepsiya va joylaşuv salohiyatining bozor uçun jozibadorligini körsatadi. Bundan taşqari, muzokaralarimiz natijasida dunyo böylab 185 ta filialga ega GDK (German Döner Kebab) brendining Özbekistondagi ilk restoranini aynan Lutfiy 47’da oçiş rejalaştirilmoqda.
CASE Advisory rahbarining fikriça strategiya, konsepsiya, arxitektura, quriliş va oçilişgaça bölgan boşqa barça jarayonlar loyiha muvaffaqiyatining taxminan 40 foizini taşkil etadi. Qolgan 60 foiz obyekt oçilgandan keyin uni qanday boşqarişga boğliq. Xalqaro tajriba ham şuni körsatadi: barqaror layfstayl markazlarida yagona operator arendatorlar tarkibini, tadbirlar dasturini va xizmat sifatini nazorat qiladi. Şu sababli “Lutfiy 47” uçun boşqaruv modeli strategiyaning ajralmas qismi sifatida işlab çiqildi: taşkiliy tuzilma, bölinmalar va xodimlarga bölgan ehtiyoj belgilandi. Yaxşi konsepsiya loyihaga töğri start beradi, uning uzoq muddat daromad keltirişini esa professional boşqaruv ta’minlaydi.

Bu yondaşuv investor va loyiha uçun qanday qiymat yaratadi?
Investor uçun loyiha quriliş yoki rekonstruksiya boşlanişidan oldin asosiy savollarga javob beradi: bino kimlar uçun möljallangan, unda qanday funksiyalar joylaşadi, maydonlar qanday taqsimlanadi va qanday iqtisodiy natija kutilmoqda? Bu investitsion xavflarni kamaytiriş, ortiqça xarajatlarning oldini oliş va asosli qarorlar qabul qilişga yordam beradi.
Arxitektorlar uçun esa puxta işlab çiqilgan konsepsiya aniq texnik topşiriqqa aylanadi. Natijada loyihalaş jarayoni taxminlarga emas, bozor ehtiyojlari, funksional talablar va iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslanadi.
Şahar va yoşlar uçun loyiha mavjud binolarga yangi hayot bağişlaş, ulardan samarali foydalaniş va yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan. Ta’lim, amaliyot va professional faoliyatni birlaştiruvçi muhit yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi hamda biznes bilan yaqinroq hamkorlik qilişiga zamin yaratadi.
Mahalliy va xalqaro turistlar uçun esa Lutfiy 47’ni Toşkentning öziga xos taşrif nuqtalaridan biriga aylantiriş maqsad qilingan. Milliy hunarmandçilik, ta’lim, ijodiy industriyalar, gastronomiya va zamonaviy xizmatlarni bir makonda birlaştiriş orqali klaster nafaqat kundalik taşriflar, balki şahar bilan tanişayotgan mehmonlar uçun ham qiziqarli manzilga aylanişi mumkin.
Bozor uçun esa ta’lim, ijodiy industriyalar va biznesni birlaştiradigan klaster modeli taklif etilmoqda. Uning iqtisodiy va funksional konsepsiyasi xalqaro tajriba hamda mahalliy bozor ma’lumotlari asosida işlab çiqilgan.
Eng muhimi, loyiha binoning qanday körinişini emas, avvalo uning nima uçun kerakligini, qanday işlaşini va qanday qiymat yaratişini aniqlaşdan boşlanadi.
CASE Advisory tijorat köçmas mulkini strategik rivojlantirişga ixtisoslaşgan konsalting kompaniyasi. Kompaniya savdo markazlari, mehmonxonalar, kurortlar va köp funksiyali majmualar böyiça investor, developer va yer egalariga yangi loyihalarni işlab çiqiş, şuningdek mavjud obyektlarni qayta körib çiqiş va rivojlantirişda bozor tahlili, moliyaviy asoslaş va konsepsiya işlab çiqiş orqali töğri qaror qabul qilişga yordam beradi. Kompaniya bozorda 7 yildan ortiq faoliyat yuritadi va 8 davlatda 100 dan ortiq loyihada iştirok etgan. Bu loyihalarning umumiy investitsiya hajmi 5 milliard dollardan, umumiy maydoni esa 8 million m² dan oşadi.